14 may kuni Oliy ligada 9-tur öyinlariga start berildi. Birinçi kuni "Lokomotiv" safarda "Olmaliq"qa qarşi maydonga tuşdi. 15 may kuni Toşkentning "Bunyodkor" jamoasi öz maydonida Muborakning "Maş'al" jamoasini qabul qildi. Şu kuni Qarşining "Nasaf" jamoasi öz uyida Bekobodning "Metallurg" jamoasi bilan öynadi.
Toşkent viloyatiga safar qilgan "Lokomotiv" 2:2 hisobidagi durang va 1 oçko bilan qaytdi. Gollarni mezbonlar safida Jahongir Abdumöminov (5) va Şavkat Salomov (70) urgan, "temiryölçilar" safida esa Sanjar Şoahmedov (67) hamda Lutfulla Törayev (86) gollarga mualliflik qilgan. "Lokomotiv" 9 öyindan 18 oçko töplagan holda törtinçi örinni egallab turibdi.
OLMALIQ - LOKOMOTIV 2:2
Gollar:
Jahongir Abdumöminov (5), Şavkat Salomov (70) - Sanjar Şoahmedov (67), Lutfulla Törayev (86).
"Bunyodkor" jamoasi "Maş'al" bilan öyinda mavsumdagi birinçi yirik hisobdagi ğalabasini qayd etdi. Sardor Raşidov (13), Temur Ayupov (16), Sardor Sobirxöjayev (21) va Şaker Zuagi (36) tomonidan kiritilgan gollar 4:0 hisobidagi ğalabani ta'minladi. Endilikda "qaldirğoçlar" jamoasida 8ta öyindan keyin 15 oçko jamğarilgan va jamoa turnir jadvalida oltinçi örinda ketmoqda.
"BUNYoDKOR" - "MAŞ'AL" - 4:0
Gollar: Sardor Raşidov (13), Temur Ayupov (16), Sardor Sobirxöjayev (21), Şaker Zuagi (36)
Turning uçinçi öyini "Nasaf" va "Metallurg" örtasida ötkazilib, bu öyinda kiçik sensatsiya kuzatildi. Mehmonlar vakili A.Nomonov 15-daqiqada urgan gol öyin taqdirini hal qildi. Bu mağlubiyatdan keyin "Nasaf" 19 oçko bilan ikkinçi örinda qoldi.
"NASAF" - "MeTALLURG" - 0:1
Gol: Ayubxon Nö'monov (5)
16 may kuniga "Paxtakor"-"Neftçi", "Andijon"-"Navbahor", "Qöqon-1912"-"Şörtan", "Dinamo"-"Söğdiyona" hamda "Buxoro"-"Qizilqum" öyinlari belgilangan.






