Internetda köplab qiziq savollar va bahs-munozaralarni uçratiş mumkin, ulardan eng qiziğini e'tiboringizga havola etyapmiz. Fizik va tadbirkor Kris Xolms Parker Quora saytida hozirda 17 yoşda bölsangiz va bor-yöği 3 ming dollaringiz mavjud bölsa, 40 yoşga yetganda qanday qilib multimillionerga aylanişingiz mumkinligi haqida gapirib berdi. Albatta, ğoyalarining katta qismi amerikaça haqiqatga köproq mos, biroq modelning özini dunyoning istalgan burçagida qöllaş mumkin.

40 yoşga yetganda millioner böliş usullari

1. 3 ming dollar yiğib qöying. Iqtisod qiliş, işlaş va har bir çaqani yiğişda davom eting. Bankdagi depozitda 3 ming dollar yiğing (men yarim yillikni maslahat beraman). Bu unça katta bölmagan foizli omonat hisobidir. Bu yerda bir muddat mazkur pullarni işlatiş imkoni bölmasligi juda muhim.

2. 18 yoşga tölganingizda ota-onangizdan uzoqda, bepul yaşab köring. Men öz dissertatsiyamni yozayotgan davrimda buni quyidagiça taşkillaştirgan edim. Unça qimmat bölmagan, ikkita yotoqhonasi va ikkita maşina uçun möljallangan garaji bölgan xonadonni izlab topdim (voqea Oregonda sodir bölgan edi). Bir oy uçun ijara haqi 850 AQŞ dollariga teng edi (internet, suv, elektr energiyasi, çiqindini olib ketiş hammasini qöşib hisoblaganda).  Keyin mazkur uç xonani oyiga 425 AQŞ dollaridan ijaraga berdim (umumiy hisobda 1275 AQŞ dollariga teng böldi). Natijada men garajda bepul yaşay boşladim. Mana sizga ijradan iqtisod qiliş usuli. Bir oyda 425 AQŞ dollarni iqtisod qiliş esa ularni işlab topişday gap. Bu maoş hajmini oşirmay turib, daromadni oşirişning samarali usulidir. Muhimi turar-joyni diqqat bilan tanlaşdir.

3. Böş vaqtingizda riyeltorlikka öqib, lizenziyaga ega böling. Şunday qilsangiz, şaxsiy köçmas mulkni sotib oliş va sotişingiz mumkin böladi. Buning uçun yarim yil ketadi. Bundan taşqari, köçmas mulkni boşqariş va unga sarmoya kiritişni örganing (spekulyatsiyani emas). Siz doimiy daromad keltiradigan köçmas-mulkkagina sarmoya kiritasiz.

4. 21 yoşga kirguningizga qadar işlaş va pul yiğişda davom eting. 18 yoşdan keyin sizda ikki xil variant bor: işlaş yoki kollejga öqişga kiriş. Har nima bölganda ham ofarin sizga. Öqiyotgan paytingizda yarim kunlik va yozgi ta'til paytida işlaş imkoniyati bölgan iş toping. Şunday qilsangiz yil davomida 10-20 ming dollar yiğiş imkoniga ega bölasiz (bu iş va uning miqdoriga boğliq). Har qanday holatda ham yiliga 8 mingdan kam pul yiğmasligingiz lozim. Sizga turar-joydan iqtisod qiliş böyiça maslahatim asqotadi. Agar undan köp miqdorda pul yiğa olsangiz juda yaxşi! Köp narsa siz tanlagan yölga boğliq böladi: iş yoki öqiş. Agar kollejga öqişga kirgan bölsangiz, öqiş pulini tölaş uçun manbaga egasiz: ota-onangiz yoki yana qandaydir yöl orqali.