16 may kuni Kiyevning markazida joylaşgan Mixaylov maydonida Yevropa kunini nişonlaş tantanalari davomida Kiyev meri, boks böyiça sobiq jahon çempioni Vitaliy Kliçko amaldagi jahon çempioni hisoblanadigan ukasi Vladimir Kliçko bilan “FunUp” raqs badantarbiyasida iştirok etdi.
Aka-uka boşqa iştirokçilar bilan birgalikda musiqa sadolari ostida raqsga tuşib, turli harakatlarni bajarişdi.
“Harakat bu hayot demakdir. Kimga oldinga harakat qilmasa, u joyida qotib qolgan hisoblanadi. Kim joyida qotib qolsa, ertami-keçmi ortga yiqiladi. Şuning uçun faqat oldinga!”, deb izoh berib ötdi Vladimir Kliçko.
Vitaliy Kliçko ham öz navbatida har kuni maşq qilib turişni kanda qilmasligini aytib ötdi.
“Har kuni 6:30 da maşq qilaman. Doimo yaxşi formada böliş kerak. “Soğ tanda – soğlom aql”, deb bejizga aytişmaydi-ku”, deydi Kiyev meri.






