Ispaniyaning Talavera-de-la-Reyna şahrida 11 kişi buqa hujumidan yaralandi. Maydonda tomoşa uçun çiqarilgan buqa qoçib ketib, şahar köçalari böylab ötgan-ketganlarga hujum qilgan. Oqibatda 11 kişi turli oğirlikdagi jarohatlar bilan şifoxonalarga yetkazildi. Yaralanganlar orasida 9 yoşli bola ham bölgan.

Buqani faqatgina politsiyaçilar töxtatib qololdilar, ular patrul avtomobilida buqani ölasi qilib bosib ketdi.