Çexiyada bölib ötayotgan xokkey böyiça Jahon çempionatining birinçi yarimfinalida Kanada terma jamoasi musobaqa mezboni Çexiya termasi ustidan 2:0 hisobida ğalaba qozondi.

Musobaqaning guruh bosqiçida Olimpiya çempionlari mezbonlarni 6:2 hisobida yutgan edi. Kanada termasi uşbu çempionatda işonçli tarzda ğalabalarga erişmoqda va musboqaning oltin medallarini qölga kiritiş uçun asosiy da'vogar hisoblanmoqda.

Şimoliy Amerika vakillari uçraşuvning 9-daqiqasida hisobni oçişga muvaffaq bölişdi: Krosbi oşirgan şaybadan keyin Xoll Çexiya darvozaboni Paveletsning darvozasiga şayba kiritdi. Kanadaliklar hujum uyuştirişda davom etdilar. Biroq kanadaliklarning ikkinçi şayba kiritişlarini uzoq kutişga töğri keldi.

Öyinning 30-daqiqasida çexlar ikkinçi şaybani ötkazib yuborişdi. Musobaqaning eng yaxşi töpurari Spetstsa Çexiya termasi darvozasining burçagiga şayba kiritdi.

Şu tariqa, Kanada finalda musobaqaning boş sovrini uçun Rossiya bilan 2009 yildan beri ilk marta bellaşadigan böldi. Uçraşuv 17 may kuni Toşkent vaqti bilan 23:45 da boşlanadi.