BAAda ziyoratçilarni olib ketayotgan avtobusning halokatga uçraşi natijasida 3 kişi halok böldi, 56 kişi yaralandi.
Khaleej Times naşrining ma'lum qilişiça, halokat Abu Dabidan 200 km narida sodir bölgan. 60 nafar ziyoratçini olib ketayotgan avtobusning ğildiragi yorilib ketişi natijasida u toğ jinslarini maydalovçi maşinaga urilgan. 3 kişi voqea joyida halok bölgan, yana 10 kişi oğir ahvolda yaqindagi şifoxonalardan biriga yotqizilgan.
Abu Dabi politsiyasi vakili polkovnik Hamad Nasr al-Baluşiyning ma'lumot berişiça, halokatga haydovçining katta tezlikda yurgani sabab bölgan. Halokat çoğida unga zarar yetmagan, lekin u hibsga olingan.
Ma'lum qilinişiça, ziyoratçilarning barçasi Hindistonning Kerala ştatidan bölib, Umradan qaytayotgan bölgan.
BAAda avtobus halokatida 3 kişi halok böldi
19:48 / 18.05.20152 4071 min






