Nukus şahrining markazida yangi pravoslav ibodatxonasining qurilişi rejalaştirilmoqda. Bu haqda "Gazeta.uz" xabar bermoqda.  Toşkent va Özbekiston yeparxiyasi matbuot xizmatining ma'lumot berişiça, u şahid avliyo va tabib Panteleimon şarafiga nomlanadi.

Yangi binoning qurilişi masalalari 18 may kuni Qoraqalpoğiston Jöqarği Kengesi raisi Musa Yerniyazovning Nukus hokimi Jalğasbay Opayev hamda Toşkent va Özbekiston mitropoliti Örta Osiyo mitropolitlik okrugi rahbari Vikentiylarning uçraşuvi çoğida muhokama qilindi.

Ayni paytda Nukusda Panteleimon şarafiga nomlangan bitta ibodat uyi faoliyat körsatmoqda. Özbekistonda jami 38 pravoslav ibodatxonalari bölib, Toşkentda 5ta va Samarqandda 3ta pravoslav jamoalari bor. Bundan taşqari, Çirçiqda yagona erkaklar ibodatxonasi mavjud.