Rossiya prezidenti Vladimir Putin Millatlararo munosabatlar va rus tili kengaşi yiğilişida til assimilyatsiyasi siyosatini olib boriş töğri bölmasligini ta'kidlab ötdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

“Biz ayrim mamlakatlarda yirik etnik jamoalarning öz tilidan foydalaniş huquqi çeklanişiga, agressiv til va madaniyat assimilyatsiyasi siyosati yuritilişiga köp bora guvoh bölganmiz, va biz bunday jamiyatlarda odamlar fuqarolar va nofuqarolar, birinçi va ikkinçi darajali insonlarga böliniş sodir bölişini bilamiz”, – ta'kidlab ötdi Rossiya rahbari.