Apple kompaniyasi televizorlar işlab çiqariş rejalaridan voz keçdi. Bu haqda The Wall Street Journal naşri xabar bermoqda.
Kompaniya xodimlaridan taşkil topgan kiçik guruh bu yönalişda 10 yildan ortiqroq vaqt mobaynida iş olib bordi. Oxirgi rejalardan biri 4K körsatiş qobiliyatiga ega ultrayuqori sifatli televizor işlab çiqariş bölgan. Qurilma videoqönğiroqlarni amalga oşiriş va foydalanuvçining harakatlarini kuzatiş uçun bir neçta kameralar bilan jihozlanişi kerak edi.
Kompaniya rejalarini qayta körib çiqişiga televizorlar bozoridagi juda yuqori raqobat sabab bölgan. Bu bozorda Samsung kompaniyasi yetakçilik qilmoqda. Apple televizorlar yaratiş örniga özining Apple TV pristavkasini rivojlantirişni davom ettiradi. Bu pristavkaning yangi versiyasi iyunda San-Frantsiskoda ötadigan WWDC-2015 anjumanida namoyiş etilişi aytilmoqda.






