Avstraliyada Sidney şahridan janubi-şarqiy tomonga 200 km uzoqlikda joylaşgan Goulbern şahriga örgimçaklardan iborat yomğir yoğdi. Odamlarning bu tabiiy hodisaga reaksiyalari turliça böldi – kimlardir ijtimoiy tarmoqlarda oxir zamon kelganini aytişdi, ba'zilar esa olimlardan buning sababini tuşuntirişni talab qilişdi.
May oyi Avstraliyada kuzning oxirgi oyi hisoblanadi. Bu faslda bu yerda köp miqdorda yomğir yoğadi. Biroq keça-kunduz Goulbernda yoğgan yomğirni heç qanaqasiga oddiy deb bölmaydi – odamlar ustiga suv tomçilari örniga, örgimçaklar yoğa boşladi. Millionlab kiçkina örgimçaklar uylarning tomini, hovlilarni va köçalarni qoplab, kumuşrang örgimçak ini bilan hammayoqni çirmab oldi.
Olimlar xavotirga tuşib qolgan avstraliyaliklarni tinçlatib, buning sababini tezda topa olişdi. “Har yili may va avgust oylarida endigina tuğilgan örgimçaklar iloji boriça daraxt tepasiga yuqoriroq kötarilib, özlarining inlarini paraşyutga öxşab yoyişadi. Şamol ularni uşlab olib, uzoq masofalarga olib ketadi. Aynan şu tariqa bu haşarotlar yangi yerlarni zabt etadi, şuning uçun örgimçaklarni dunyoning istalgan yerida topiş mumkin. Odatda ularning bunday migratsiyasi ularning katta hududlarga yoyilib ketişi bilan boradi. Bu gal taqdir taqozosi bilan şamol ularni xaritadagi bir nuqtaga – Goulbern şahriga olib keldi. Aytiş mumkinki, şahar aholisiga bu borada omad kulib boqmadi. Biroq agar siz aksinça öylasangiz, xato qilmaysiz – hammasi insonning bu tabiat hodisasiga qanday qaraşiga boğliq”, deb aytmoqda araxnolog olim (örgimçaklarni örganiş bilan şuğullanuvçi mutaxassis) Kit Basterfild.






