Xabardor.uz: Bugun 19 may kuni “Maestro”, “Professor” hamda “Arxitektor” kabi nomlarni olgan maşhur italyan futbolçisi Andrea Pirlo 36 yoşni qarşiladi. Futbolçi 2 bora Çempionlar ligasini, bir marotaba jahon çempionligini, 6 bor A seriya ğolibligini, şuningdek, 2012 yilgi Yevropa çempionatida vitse-çempionlikni qölga kiritgan.

“Professor” Italiyaning eng kuçli 3ta jamoasi bölgan “Inter”, “Milan” hamda “Yuventus” töp surgan. Şunga qaramay, barça klub rahbariyati hamda muxlislari bu öyinçiga nisbatan çeksiz hurmat namoyiş etişadi.
Futbolçi 2006 yilgi jahon çempionligi haqida şunday deydi:

2006 yil 9 iyul kuni tuşlikdan söng biroz uxlab oldim, söng PlayStation öynadim.
Keçqurun esa jahon çempionligini qölga kiritdim.
"Maestro" 2012 yilgi Yevropa çempionatida 33 yoşda bölişiga qaramay, jamoaning asosiy öyinçisi böldi. U öz tuşgan 6ta öyinning 3tasi UEFA tomonidan uçraşuvning eng yaxşi öyinçisi nomini qölga kiritgan.

Hozirda futbol tarixidagi eng kuçli yarim himoyaçilardan biri bölgan Pirlo "Yuventus" tarkibida töp surmoqda. 36 yoşda tölganiga qaramay, u jamoasi uçun eng muhim öyinçilardan biri hisoblanadi. "Yuventus"ning joriy yilda A seriyada ğoliblikni qölga kiritişida, şuningdek, Italiya kubogi hamda Çempionlar ligasi finaliga yöllanmani qölga kiritişda Pirloning xizmati çeksiz, desak yanglişmagan bölamiz.
Bugun Xabardor.uz sayti futbolçining eng yaxşi 10ta golini e'tiboringizga havola etadi.






