Bugun Baxtiyor Aşurmatov boşçiligidagi Özbekiston U23 terma jamoasi taqdiri hal böladi.

Xabaringiz bor, olimpiyaçilarimiz öz guruhlarida ikkinçi örinni egallab, kelasi yili Qatarda böladigan Osiyo çempionati yöllanmasiga töğridan-töğri yöllanmaga egalik qilişa olmagandi. Endilikda Aşurmatov şogirdlari bugun bölib ötadigan "V" guruhining sönggi öyinlari natijasini poylaşga majburlar.

Bugun uşbu guruhda Iordaniya - Kuvayt va Pokiston - Qirğiziston termalari özaro kuç sinaşib, guruh öyinlariga yakun yasab berişadi. Iordaniya ikkita öyinda ikkita ğalabaga erişib, OÇ yöllanmasini özi uçun ijobiy hal qilib böldi. Kuvayt esa birinçi turda Qirğiziston bilan durang öynab, ikkinçi turda Pokistonni 2:0 hisobida mağlub etgan.

Qisqa qilib tuşuntiradigan bölsak, biz Osiyo Çempionatiga yöllanma olişimiz uçun bugun Iordaniya Kuvaytni yengişi kerak yoki durang öynaşi lozim. Aks holda, Özbekiston U23 termasi guruhda qolib ketadi.

Eslatib ötamiz, ötgan yilgi mavsum yakunlariga bağişlangan tadbirda ÖFF prezidenti Mirabror Usmonov agar Rio-2016 Olimpiadasi yöllanmasi ijobiy hal qilinmasa, Özbekiston U23 termasi boş murabbiyi, TJM direktori Asqar Tolibjonov va TJM Texnik direktori Rustam Akramovlar öz lavozimidan çetlatilişi haqida aytib ötgandi.

Manba: uff.uz