Yaponiyada hukmron liberal demokratik partiya raisi örinbosari Masaxiko Komura Rossiya Davlat Dumasi spikeri Sergey Narişkin bilan ötkazilgan uçraşuv çoğida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Yaponiyaga taşrif buyurişi maqsadga muvofiq bölişini ma'lum qildi.

Uning aytişiça, bunday safar amalga oşirilgan taqdirda ikki davlat örtasidagi hududiy bahs muhokama qilingan bölar edi.
Ilgariroq Vladimir Putin Rossiya Yaponiya bilan Kuril orollari masalasida muloqot olib borişga tayyor ekanligini aytib ötgan edi. Şu bilan birga, Rossiya Kuril orollari ustidan öz suvereniteti örnatilişi xalqaro huquqiy me'yorlar va tarixiy nuqtai nazardan heç qanday şubhaga örin qoldirmasligi pozitsiyasidan voz keçişni istamasligi aytilgan.