Braziliyaning ikkinçi divizionida iştirok etuvçi "Amerika" va "Olariya" klublari örtasidagi uçraşuv tribunada yuzaga kelgan portlaş sababli töxtab qoldi. Bu haqda Associated Press naşri xabar berdi.
Yirik petardaning portlaşi natijasida bir muxlisning qöli uzilib tuşgan, yana biri kökrak sohasidan jarohat olgan.
Uçraşuv birinçi bölimning örtasida töxtatilgan, bu vaqtda tez yordam maşinasi jabrlanganlarni şifoxonaga olib ketgan. Tez yordam maşinasi stadionga qaytgaç, öyin davom ettirilgan.
Öyinda "Amerika" jamoasi 2:1 hisobida ğalaba qozondi.






