Bugun 20 may kuni Ispaniya terma jamoasi hamda "Real Madrid" darvozaboni Iker Kasilyas 34 yoşga töldi. 

Futbolçi 1981 yil 20 may kuni Mostoles şahrida tuğilgan. U "Real" tarkibiga 8 yoşida kelib qöşilgan hamda butun futbolçilik faoliyatini şu yerda ötkazib kelmoqda. Klub bilan Çempionlar ligasini 3 marotaba, Ispaniya çempionatini 5 marotaba, Ispaniya superkubogini 4 hamda Ispaniya kubogi hamda UYeFA superkubogini 2 marotabadan, şuningdek, Klublar örtasidagi jahon çempionatida va Toyota kubogida 1 marotaba zafar quçgan.

Terma jamoa tarkibida 2 bor Yevropa hamda bir marotaba jahon çempionligini qölga kiritgan. 

Futbol tarixidagi eng kuçli darvozabonlar qatoriga kiritilgan öyinçining şaxsiy yutuqlari ham jamoaviy yutuqlaridan kam emas.

Kasilyas mamlakat çempionati, kubogi, superkubogi, Çempionlar ligasi, UYeFA superkubogi, Toyota kubogi hamda klublar örtasidagi jahon çempionatida çempionlikni qölga kiritgan yagona futbolçi hisoblanadi. 

Bundan taşqari, 2014 18 mart kuni "Şalke"ga qarşi maydonga tuşib, uşbu musobaqada 12 000 daqiqa öynab, özining sobiq jamoadoşi Raulni ortda qoldirdi. 

Ketma-ket 5 marotaba dunyoning eng yaxşi darvozaboni deb topilgan.

Ispaniyalik darvozabon terma jamoa safidagi ğalabalar soni eng köp futbolçi hisoblanadi. 

Quyida Iker Kasilsyaning eng yaxşi "seyv"lari jamlangan videorolikni tomoşa qilişingiz mumkin.