Rossiya boş vaziri Dmitriy Medvedev Rossiya prezidenti Vladimir Putin ötkazgan yiğilişda Apple Watch aqlli soatlarini qöliga taqqan holda keldi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” gazetasining jurnalisti Dmitriy Smirnov özining tvitterida ma'lum qildi.

“Medvedev bölsa Putin bilan yiğilişga Apple Watch soatlarida keldi. Kamtarona ötirib, heç kimga bu haqda oğiz oçmadi”, deb aytib, boş vazirning rasmlarini ilova qilib qöydi Smirnov.

Dmitriy Medvedev Apple kompaniyasining elektron mahsulotlari işqibozi hisoblanadi, boş vazir bir neçta iPhone va iPad larga ega. Bundan taşqari, Medvedev 2010 yilda AQŞga prezident sifatida taşrifi paytida Apple qarorgohida bölgan va Stiv Djobsdan sovğa sifatida 4 ta iPhone olgan.