Rossiya prezidenti Vladimir Putin taşqi işlar vaziri Sergey Lavrovni birinçi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uçun” ordeni bilan taqdirladi, deb xabar bermoqda Interfaks.

Ta'kidlanişiça, taşqi işlar vaziri “Rossiya taşqi siyosiy kursini amalga oşirişdagi alohida xizmatlari va köp yillik diplomatik faoliyati” uçun mukofotlangan.

Şuningdek, Rossiya liberal-demokratik partiyasi yetakçisi Vladimir Jirinovskiy, artist Vladimir Zeldin, olim Yevgeniy Velixov, gimnastika ustasi Larisa Latinina, Fanlar Akademiyasi prezidenti örinbosari Anatoliy Grigorev, Rossiya musulmonlar diniy boşqarmasi rahbari Ravil Ğaynuddinov, kardiolog Yevgeniy Çazov, I. M. Seçenov nomidagi davlat tibbiyot universiteti rektori Pyotr Gliboçko va fazogir Roman Romanenkolar turli darajadagi orden va medallar bilan taqdirlandilar.