Mamlakatimizda keyingi yillarda tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga asossiz aralaşuvlarni oldini oliş, ularning faoliyat yuritişlari uçun har tomonlama qulay şaroit yaratiş böyiça tizimli va keng qamrovli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.
Xususan, Prezidentimizning joriy yil 15 mayda qabul qilingan «Xususiy mulk, kiçik biznes va xususiy tadbirkorlikni işonçli himoya qilişni ta'minlaş, ularni jadal rivojlantiriş yölidagi tösiqlarni bartaraf etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi PF-4725-sonli Farmonida tadbirkorlikni jadal rivojlantiriş uçun zarur şart-şaroitlar va imkoniyatlar yaratiş, xususiy mulkni himoya qiliş kafolatlarini kengaytiriş masalalari bilan bir qatorda tadbirkorlar faoliyatiga aralaşuvlarni yanada çeklaşga qaratilgan me'yorlar qabul qilindi.
Farmonga muvofiq 2015 yilning 1 iyulidan e'tiboran xöjalik yurituvçi sub'yektlarda rejali tekşirişlar davriyligi va muddatlari, qözğatilgan jinoiy işlar böyiça tekşirişlar ötkaziş tartibiga özgartirişlar kiritildi.
Xususan, Farmonning 2-bandida barça nazorat organlari uçun rejali tekşirişlar davriyligi birxillaştirilib, 2015 yil 1 iyuldan boşlab nazorat qiluvçi organlar tomonidan mikrofirma, kiçik korxona va fermer xöjaliklari faoliyatidagi barça rejali tekşirişlar köpi bilan 4 yilda bir marta, boşqa tadbirkorlik sub'yektlarida esa köpi bilan 3 yilda bir marta Nazorat qiluvçi organlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi Respublika kengaşi qarori asosida amalga oşrilişi belgilandi.
Ma'lumki, rejali tekşirişlarni ötkaziş davriyligi böyiça şunday tartib faqat tadbirkorlik sub'yektlarining moliya-xöjalik faoliyati böyiça ötkaziladigan tekşirişlar uçun belgilangan edi. Boşqa nazorat organlari uçun har xil rejali tekşirişlar davriyligi belgilanganligi sababli 2011-2015 yillarda 136 ta sub'yektda 2 martadan, 58 ta sub'yektda 3 martadan turli nazorat organlari tomonidan rejali tekşirişlar ötkazilgan.
Belgilangan yangi me'yor tadbirkorlik sub'yektlarini turli nazorat organlari tomonidan har yili yoki ikki yilda bir marta rejali tekşiriş ötkaziş imkonini çeklab, tadbirkorlarning tekşirişga ortiqça vaqt sarflanişining oldini olişga, tadbirkorlarning özining asosiy faoliyati bilan şuğullanişiga köproq imkoniyat yaratilişiga olib keladi.
Şuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarida ötkaziladigan moliya-xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan, ya'ni buxgalteriya va boşqa hujjatlarni örganişni talab etmaydigan rejali tekşirişlar muddati 10 kalendar kunidan oşmasligi belgilandi. Mazkur me'yor ham rejali tekşirişlar ötkaziş davrida tadbirkorlik sub'yektlarining vaqtini ortiqça yöqotilişining oldini olişga qaratilib, endilikda moliya-xöjalik faoliyati bilan boğliq bölmagan rejali tekşirişlarning ötkaziş muddati 3 baravarga qisqartirildi.






