Litva prezidenti Dalya Gribauskayte Boltiqböyining “temir xonimi”ga aylandi, deb yozadi Politico gazetasi. Maqolada ta'kidlanişiça, Gribauskaytening qattiqqölligi, uning yopiq hayot tarzi, ikir-çikirlarigaça işlab çiqilgan jamoatçilik oldidagi fe'l-atvori va Sovet davrini muhokama qilişdan boş tortişi jurnalistlar, tahlilçilar, tarixçilar va Rossiyaning “asabiga tegmoqda”.
Ta'kidlanişiça, oxirgi yil davomida Gribauskayte Rossiyani hammadan köra köproq tanqid ostiga olgan. Prezidentning bu xatti-harakatlari uni Rossiya uçun “nişon”ga, Ukraina va Litva uçun esa qahramonga aylantirdi.
Litva boş vaziri Andryus Kubilyusning sözlariga qaraganda, Gribauskayte xonim Ğarbning “tinçlikparvar tili” va Ukrainaga qurol-yaroğ jönatmasligini qat'iyatning kamligi deb baholaydi. Şu bois u çet elda “temir magnoliya” deb ataladi.






