Xitoyning Şansi viloyatida joylaşgan Tayyuan şahrida sotuvda qalbaki guruç paydo böldi, deb xabar bermoqda Shanghaiist naşri.

Qalbaki guruç donlari kartoşka va sun'iy rezinadan tayyorlangan.

Naşrning ta'kidlaşiça, xitoylik ekspertlar sun'iy guruçning ozuqa sifatida iste'mol qilinişi insonning ovqat hazm qiliş tizimiga katta ziyon keltirişi haqida bayonot berişgan.

Bunday guruçdan tayyorlangan şörva yongan plastmassa ta'mini beradi, guruç donlari esa qisman noorganik strukturaga egaligi sababli yumşamaydi.

Bir qator Osiyo davlatlari OAVlarida ayni paytda bunday qalbaki guruç Hindiston, Vetnam va Indoneziya bozorlariga çiqarilgan bölişi mumkinligi muhokama qilinmoqda. Singapur va Malayziya amaldorlari bu ma'lumot işonçsizligini va tekşirilişi lozimligini aytişgan.