Bugun Özbekiston milliy çempionati - Oliy liga musobaqalarining 10-tur uçraşuvlariga start beriladi. Şanba kuniga yettita öyin belgilangan. Bitta uçraşuv esa, ertaga bölib ötadi. 

Demak, bugun Toşkentning "Paxtakor" jamoasi safarda "Söğdiyona" mehmoni böladi. Samvel babayan şogirlarining oçko yöqotişga haqqilari yöq. Aks holda, yetakçilik boy berilişi mumkin.

"Bunyodkor" öz maydonida "Dinamo"ni qabul qiladi. Sönggi paytlarda öz öyinini topib borayotgan "qaldirğoçlar" bu safar ham uç oçko ilinjida maydonga çiqişadi. 

Namanganda futbol işqibozlarini "Navbahor" hamda "Olmaliq" klublari örtasidagi qiziqarli bölgan öyin kutmoqda. Xuddi şu gapni Bekobod misolida ham aytiş mumkin.

Farğonada turning markaziy öyini ötkaziladi. Mahalliy "Neftçi" jamoasi öz maydonida "Nasaf" klubini qabul qiladi. Mana şu öyinda köp narsalarga oydinlik kiritiladi.

"Maş'al" - "Qizilqum" bahsi ham şular jumlasidan. "Temiryölçilar" bölsa, ertaga qöqonliklarga qarşi maydonga çiqişadi.

Uşbu tur anonsi bilan tanişing: