Tailandda fil kanadalik sayyohning kamerasi yordamida selfiga tuşdi.

22 yoşli Kristian Leblank qölida GoPro ekşn-kamerasini tutib, filni bananlar bilan boqayotgan vaqtda, fil texnikani sayyoh qölidan tortib olgan, şunga qaramay kamera esa suratga olişda davom etavergan.

«Qölimda bananlar tugab qolganidan keyin fil kameramni tortib oldi. Baxtimga fillar juda xotirjam va mehribon jonivorlar hisoblanadi. Men nafaqat kameramni qaytarib oldim, balki eng yaxşi fotosuratlarga ham ega böldim», – dedi Leblank.