24 may kunida Polşada prezidentlik saylovlarining ikkinçi bosqiçi bölib ötadi. Saylovlarning birinçi bosqiçidan söng, mamlakat prezidenti lavozimiga amaldagi prezident Bronislav Komorovskiy va “Qonun va adolat” muxolif partiyasidan nomzod Anjyey Duda da'vogarlik qilmoqda.
Polşa Davlat saylov komissiyasining xabar berişiça, saylovning bu bosqiçi ham birinçi bosqiçdagi kabi şartlar va öşa saylov uçastkalarida bölib ötadi. Ertalabki soat 7 dan keçki soat 9 gaça mamlakatning barça hududlarida, şu jumladan, xorijiy davlatlardagi 27 ming saylov uçastkalarida saylovçilar ovoz berişlari mumkin böladi.
Millward Brown S.A. agentligi ötkazgan sörovnomaga köra, 45,8 foiz saylovçilar öz ovozlarini Anjyey Dudaga, 45,3 foiz saylovçilar esa öz ovozlarini Bronislav Komorovskiyga berişga tayyorliklarini ma'lum qilişgan.






