Oliy liganing 10-turidan örin olgan “Bunyodkor” – “Dinamo” uçraşuvida Sergey Luşçan şogirdlari kiçik hisobda zafar quçişdi. Uçraşuv teng kuraşlar ostida keçdi.
“Bunyodkor” yarimhimoyaçisi Sardor Raşidov 77-daqiqada Minori Sato bilan ajoyib kombinatsiya taşkil qilib, Melniçukni ojiz qoldira oldi.
Uşbu gol uçraşuvda yagonaligiça qoldi. “Bunyodkor” öz maydonida keçgan öyinda ğalaba qozonib, muhim uç oçkoni qölga kiritdi. Endilikda jamoa hisobida 9 öyindan keyin 18 oçko yiğilgan va "qaldirğoçlar" tupnir jadvalida oltinçi öringa joylaşişgan.
“Bunyodkor" - "Dinamo" - 1:0
Gol: S.Raşidov (77)
"Bunyodkor": Murod Zuxurov, Akmal Şorahmedov, Xayrullo Karimov, Anvar Ğofurov, Şaker Zuagi, Jovlon Ibrohimov, Sato Minori, Obid Jöraboyev, Sardor Sobirxöjayev, Sardor Raşidov, Temur Ayupov
"Dinamo": Andrey Melniçuk, Ildar Mamatkazin, Maksimilian Fomin, Otabek Zokirov, Aziz Ibragimov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Komil Şarofutdinov, Ma'rufjon Murodov, Nikolay Çipev, Avaz Agaliyev.






