Futbol böyiça Germaniya çempionati öz nihoyasiga yetdi. Yakuniy natijalarga köra keyingi mavsumda "Bavariya", "Volfsburg", "Borussiya" Menxengladbax va "Bayyer" jamoalari Çempionlar Ligasida, "Augsburg", "Şalke" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari Yevropa ligasida iştirok etadigan bölişdi.

“Gamburg” yakunlovçi 34-turda “Şalke” ustidan 2:0 hisobida öz maydonida ğalaba qozonib, Bundesligada örnini saqlab qoliş imkoniyatini özida saqlab qoldi. Uşbu ğalaba evaziga “Gamburg” musobaqa jadvalida 16-örinni egalladi va endi 2-divizionda 3-örinni egallagan jamoa bilan Bundesligada qoliş uçun kuraşadi.

Bundesligani 17- va 18-örinni egallagan "Frayburg" va "Paderborn" jamoalari tark etmoqda. “Bavariya” muddatidan oldin Germaniya çempionligini qölga kiritdi hamda “Volfsburg” va Menxengladbaxning “Borrussiya” jamoalari bilan birga Çempionlar Ligasining guruh bosqiçiga, “Bayyer” esa saralaş bosqiçiga yöllanma oldi.
"Augsburg", "Şalke" va Dortmundning "Borussiya" jamoalari Yevropa ligasida iştirok etadigan bölişdi.

Ukrainalik murabbiy boşçiligidagi “Verder” jamoasiga yevrokuboklar zonasiga kiriş uçun 3 oçko yetmadi.

34-turning barça öyinlari natijalari:

"Gamburg" – "Şalke" – 2:0
"Ayntraxt" – "Bayyer" – 2:1
"Bavariya" – "Maynts" – 2:0
"Borussiya" (Dortmund) – "Verder" – 3:2
"Borussiya" (Menxengladbax) – "Augsburg" – 1:3
"Gannover" – "Frayburg" – 2:1
"Keln" – "Volfsburg" – 2:2
"Xoffenxaym" – "Gerta" – 2:1
"Paderborn" – "Ştutgart" – 1:2