"Real" hamda "Xetafe" jamoalari örtasidagi uçraşuv Ispaniya çempionati öz nihosiga yetdi. 

Musobaqada "Barselona" jamoasi 94 oçko töplagan holda birinçi örinni egaladi. Ikkinçi poğona Madridning "Real" klubiga, uçinçi örin esa, ötgan yilgi çempion – "Atletiko"ga nasib etdi. Çempionlar ligasi saralaş bosqiçidan kuraş olib boriş imkoniga "Valensiya" klubi erişdi. Yevropa ligasi musobaqasida iştirok etiş imkonini Sevilya (guruh bosqiçidan) hamda Vilyarreal (saralaş bosqiçidan) qölga kiritdi. 

"Real" 118ta gol urib, eng köp gol urgan jamoa böldi. "Barselona" 21ta gol ötkazib, kam gol ötkazgan jamoa nomiga sazovor böldi. 

"Eybar", "Almeriya" hamda "Kordoba" jamoalari La-ligani tark etişdi.

Musobaqa töpurari nomiga 48ta gol urişga muvaffaq bölgan "Real" hujumçisi Kriştianu Ronaldu sazovor böldi. Bu portugaliyalik futbolçi uçun futbolçilik faoliyatidagi eng yaxşi natija böldi. Ikkinçi örinni "Barselona" hujumçisi Lionel Messi (43), 3-örinni "Atletiko" futbolçisi Antuan Grizmann (22) egalladi.