
XABARDOR.UZ: Agar pulni kurak bilan yiğiştirib oliş şunçaki turğun ibora deb öylasangiz, Somalidagi pul bozoriga taşrif buyurişingizni tavsiya qilamiz: u yerda odamlar har kuni şu iş bilan band. Şunga qaramay, ularni boy deb bölmaydi. Negaki son har doim ham sifatni anglatmaydi.
Quyida Somalining Xargeysa şahridagi pul bozoridan fotosuratlar keltirilgan. Bu yerda pul sotiladi.

1. Gap şundaki, Somalining 9 ming şillingi atigi 1 AQŞ dollarini taşkil qiladi.

2. Bu, albatta, norasmiy, “qora” kurs baholaridir.

3. Şu bois bu yerda pullar aravalarda taşiladi, savatlarda, qoplarda saqlanadi, yoki şunçaki yerga uyum-uyum qilib tökib qöyiladi.

4. Bu yerda bankomatlar, banklar, moliyaviy idolar yöq – hammasi qölda, özaro işonç asosida amalga oşiriladi.

5. Ovqat sotib oliş uçun somaliliklar bir törva pul kötarib yurişga majbur bölişadi.

6. Somali hanuzgaça dunyodagi eng kambağal mamlakatlardan biri bölib qolmoqda.

7. Bu yerdagi eng qadrli valyuta tuyadir. Tuyang qança köp bölsa, şunça boysan.







