Joze Mourino boşçiligidagi Londonning “Çelsi” klubi APLda muddatdan oldin çempionlikni hal qilib köygan edi. Şu bois “Sanderlend”ga qarşi keçgan uçraşuvdagi natija “aristokratlar”ning çempionlik masalasiga heç qanday ta'sir körsatmas edi.

Şunday bölsa-da, portugaliyalik mutaxassis öz muxlislari qarşisida ğalaba qozoniş uçun kuçli tarkibni maydonga tuşirdi.

Uşbu öyin “Çelsi”ning afsonaviy futbolçisi Dide Drogba uçun jamoa tarkibidagi sönggi uçraşuv böldi. Futbolçi öz faoliyatini AQŞ çempionatida davom ettirişini ma'lum qildi.

Özining sevimli futbolçisini qöllab-quvvatlaş maqsadida “Çelsi” işqibozlari turli bannerlar tayyorlab kelişgan edi. Ularda “Öyinçilar keladi va ketadi. Afsonalar jamoa bilan oxirigaça” kabi yozuvlar bitilgan edi.

Mourino ham Drogba bilan iliq xayrlaşdi.

Stadionga APL kubogi hamda futbolçilar uçun topşiriladigan medallar olib kelingan edi.

Jamoaning ğolib bölişida özining munosib hissasini qöşgan belgiyalik futbolçi Eden Azar munosib ravişda APLning eng yaxşi futbolçisi nomiga sazovor böldi.

“Sanderlend” klubi “Çelsi” futbolçilarini odatga köra çempionlik yölkasida kutib oldi.