Bir haftadan beri Hindistonning janubiy ştatlarida ğayritabiiy darajada issiq havo hukm surmoqda. Bugun harorat 48 darajaga kötarilgani ma'lum böldi. Oxirgi marta bunday harorat 60 yil muqaddam qayd qilingan edi.

Issiqlik urişi natijasida 551 kişi halok bölgani aytilmoqda. Janubiy ştatlar rasmiylari fuqarolarga imkon qadar uydan çiqmaslikni tavsiya qilmoqda.

Internetda Hindistonning turli çekkalarida olingan suratlar tarqaldi. Ularda hindlar issiqlikdan qanday saqlanayotganliklari, şaharlarda hukm surayotgan vaziyat aks etgan.

1. Hindiston poytaxti qum böroni ostida qoldi. Nyu-Dehlidagi şamol tezligi 80 km/soatni taşkil qildi. Havoga kötarilgan qum odamlarning nafas olişini qiyinlaştirib qöydi.

2. Baoli – zinasimon quduq turi. Ular qurğoqçil tumanlarda issiq fasllarda aholini va qişloq xöjaligini suv bilan ta'minlaş maqsadida quriladi. Ularning çuqurligi 30 m ga yetadi. Issiqlikdan saqlaniş uçun hindlar mana şunday baolilarga tuşib olmoqda.

3. Bozorga muz palaxsalari yuborilmoqda.

4. Nyu-Dehlida qum böroni ostida qolgan jöhori sotuvçisi.

5. Braxmaputra Gangning çap irmoği bölib, Janubiy Osiyodagi eng yirik suv arteriyasi hisoblanadi. Hindistondan boşlangan daryo Xitoy va Bangladeşdan ham ötadi.

6. Bolalar Nyu-Dehlining diqqatga sazovor joylaridan biri bölmiş Hindiston Darvozalari oldida çömilmoqda. Monument 1931 yili ingliz-afğon va Birinçi Jahon uruşlarida halok bölgan hind askarlari şarafiga bunyod etilgan.