Rossiya axborot texnologiyalari böyiça 1 mln nafar mutaxassisga muhtoj. Bu haqda Innopolis hokimi Yegor Ivanov “Axborot texnologiyalari mudofaa sanoati majmuasi xizmati” mavzuidagi konferensiyada bayonot berdi.
“Agar rivojlangan davlatlar statistikasiga qaraydigan bölsak, ularda soha mutaxassislari uluşi mamlakat aholisining 1 foizini taşkil qiladi. Bu degani, agar biz rivojlanişni istasak, Rossiyaga yana 1 mln mutaxassis kerak”, – ta'kidlab ötdi u.