Özbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi Prezidenti Pak Kin Xening taklifiga binoan 27 may kuni davlat taşrifi bilan Koreya Respublikasiga keldi. Bu haqda UzA muxbiri Seuldan turib xabar bergan.

Janubiy Koreya protokoliga muvofiq Özbekiston Prezidenti şarafiga Seul aeroportida ikki mamlakatning davlat bayroqlari kötarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Rasmiy kutib oliş marosimidan söng Özbekiston delegatsiyasi özi uçun ajratilgan qarorgohga yöl oldi.

Seul köçalari Özbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining davlat bayroqlari, oliy martabali mehmonni qutlovçi şior va bannerlar bilan bezatilgan.

Uşbu taşrif Özbekiston – Janubiy Koreyaning muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi uçraşuvlari doirasida ötmoqda. Ular davlatlarimizning özaro aloqalariga doir keng kölamli masalalarni muhokama qiliş, hamkorlikning ustuvor yönalişlarini belgilaş, dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşiş imkonini bermoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezidenti davlat taşrifining asosiy tadbirlarini, jumladan, Koreya Respublikasi Prezidenti va boşqa rahbarlari bilan rasmiy muzokaralar, yetakçi kompaniyalar rahbarlari iştirokidagi uçraşuvlarni 28-29 may kunlari ötkaziş möljallangan.

Avval xabar qilinganidek, taşrif çoğida ikki davlat rahbarlarining qöşma deklaratsiyasi qabul qilinişi va özaro munosabatlarni 2014 yilda imzolangan Strategik şeriklikni yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş töğrisidagi qöşma deklaratsiya ruhida mustahkamlaşga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolanişi rejalaştirilgan.








