Ukraina prezidenti Pyotr Poroşenko bugun, 27 mayda Varşavada, “Narodoviy” stadionida bölib ötadigan Ukrainaning “Dnepr” va Ispaniyaning “Sevilya” örtasidagi Yevropa Ligasining final uçraşuviga taşrif buyuradi.
Poroşenko Polşaga taşrif buyurib, mamlakatning yangi prezidenti Anjyey Duda bilan uçraşişi, uçraşuvdan söng stadionga öyinni tomoşa qilişga borişi rejalaştirilgan edi. Biroq Duda band bölganligi sababli Poroşenko bilan uçraşa olmasligini ma'lum qildi. Uning örniga Poroşenko bilan mamlakatning endilikda sobiq prezidenti Bronislav Komarovskiy uçraşadigan böldi.

Pyotr Poroşenko Ukraina prezidenti maqomida faqatgina bir marta futbol öyinini tomoşa qiliş uçun stadionga taşrif buyurgan. U “Olimpiyskiy” stadionida ötkazilgan Yevropa ligasining 1/8 finalida “Dnepr”ning “Evertonga” qarşi uçraşuviga taşrif buyurgan. “Dnepr” bu uçraşuvda ingliz klubi ustidan 5:2 hisobida ğalaba qozongandi.