Belarus va Pokiston özaro hamkorlik böyiça Islomobod deklaratsiyasini imzoladi. Bu haqda Belarus prezidenti matbuot xizmati axborot tarqatdi.
Xabarnomada aytilişiça, hujjat Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko va Pokiston boş vaziri Navoz Şarif örtasida bölib ötgan muzokaralari yakunlariga köra imzolangan.
Ta'kidlanişiça, Lukaşenko Pokiston tarafga Xitoy-Belarus sanoat parkida öz işlab çiqarişini yölga qöyişni taklif qilgan. U yerda dunyoning yetakçi kompaniyalari öz korxonalarini işga tuşirişni rejalaştirmoqda.
Ayniqsa Belarus Pokiston tomonidan bu hududda tikuvçilik va tekstil işlab çiqarişi yölga qöyilişidan manfaatdorligi ta'kidlangan. “Sizning bu borada katta tajribangiz bor, – aytib ötdi suhbat çoğida Lukaşenko. – Bizda esa buni yölga qöyiş uçun yaxşi baza şakllantirilgan. Va biz siz bilan birgalikda Yevropa markazida qöşma korxonalar oçişga tayyormiz”.
Şuningdek, Minskda Pokiston elçixonasini oçiş borasida kelişuvga erişildi.






