Ispaniya hukumati AQŞ bilan mudofaa borasida yangi kelişuvga erişdi. Endilikda Moron-de-la-Fronterada joylaşgan harbiy bazaga “Afrikadagi inqirozlarga javob qaytariş” maqsadida doimiy ravişda hamkorlikda qöllaniladigan baza maqomi berildi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi raisining birinçi örinbosari Sorayya Saes de Santamariya mahkama yiğilişi yakunlariga köra muxbirlarga bergan bayonotida ma'lum qildi.

Yangi kelişuvlar keyingi hafta boşida Ispaniyaga AQŞ davlat kotibi Jon Kerrining taşrifi çoğida imzolanadi.
Moron-de-la-Frontera harbiy bazasiga AQŞ harbiy xizmatçilarini kiritiş borasidagi şartnoma 1988 yili imzolangan. Şundan buyon şartnoma deyarli har yili uzaytiriladi. Bir paytning özida bazada joylaştirilişi mumkin bölgan AQŞ harbiy xizmatçilari soni 850 kişini taşkil qiladi, ammo ixtilof kelib çiqqan paytda ularning miqdori 1.1 ming kişiga yetkazilişi mumkin.

Şuningdek, şartnomaga muvofiq, bazada AQŞning 12 transport samolyoti, 4 yoqilği quyuvçi samolyoti va bitta kömakçi samolyot joylaştirilişi mumkin.