Moskva şahrida Turkiyaning Dedeman Hotels & Resorts International xalqaro mehmonxonalar tarmoğining dastlabki mehmonxonasi oçildi. Tantanali oçilişi marosimi Rossiya poytaxtida 27 may kuni ötkazildi. Şu tariqa, kompaniyaga tegişli dunyoning turil burçaklarida joylaşgan mehmonxonalar soni 16taga yetdi.

Bu – tarmoqqa mansub Rossiyadagi birinçi mehmonxonaning oçilişi.
Tadbirda Turkiyaning Rossiyadagi elçisi Umid Yardim, Moskva şahar milliy siyosat, mintaqalalaro aloqalar va mehmonxona xöjaligi departamenti rahbari Sergey Şpilko, Dedeman Holding direktorlar kengaşi raisi Murod Dedeman, kengaş a'zosi Rifat Dedeman, Turkiya, BAA, Marokaş, Sudan va Özbekiston diplomatik missiyalari xodimlari iştirok etdi.

Şuningdek, yangi mehmonxonaga yirik kompaniyalar, banklar va turistik agentliklar vakillari taşrif buyurdi.
Poytaxt şaharning Izmaylovo tumanida oçilgan uşbu mehmonxona Dedeman Park Izmailovo Moscow deb nomlandi.