29 may holatiga köra, Rossiyaning Baykalorti ölkasida 54,3 ming gektar maydonda 19ta yonğin öçoği, Buryatiyada 9,9 ming gektar maydonda 7ta yonğin öçoği va Irkutsk viloyatida 2,1 ming gektar yerda bitta yonğin öçoği qayd qilingan. Şuningdek, Xabarovsk va Krasnoyarsk ölkalarida, Amur va Arxangelsk viloyatlarida, Komi respublikasida ham yonğinlar kuzatilgan.

Rossiyada 29 mayda 32,3 ming gektar maydondagi 77ta örmon yonğini bartaraf etildi, biroq 67,7 ming gektar maydondagi 44ta örmon yonğini hamon davom etmoqda.

Öt öçirişga 2482 kişi, 423ta texnika birligi va 37ta havo kemasi jalb qiliingan.

Şu munosabat bilan Rossiyaning 6ta sub'yekti: Xakasiya va Tuva respublikalari, Baykalorti ölkasi, Amur viloyatining 6ta tumani, Buryatiya respublikasining 19ta tumani hamda Krasnoyarsk ölkasining bitta tumanida favqulodda vaziyat tartibi kiritildi.