Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili Ukraina fuqaroligini oldi. Bu haqda Oliy rada deputatlari ma'lum qilişgan.

"Mixail Saakaşvili endi rasman Ukraina fuqarosi hisoblanadi", deb yozadi "Pyotr Poroşenko bloki" partiyasi vakili bölgan Oliy rada deputati Mustafa Nayyem feysbukdagi sahifasida.

"Gruziyaning sobiq rahbari Saakaşvili 29 may kuni Ukraina fuqaroligini olişga muvaffaq böldi. Muxo, biz yangi Batumini yaratişingni istaymiz", deb yozadi tvitterda xuddi şu partiya vakili bölgan yana bir deputat Sergey Leşenko.

Biroz oldinroq, Saakaşvili Odessa viloyatiga gubernator etib tayinlangani xabar qilingandi.