2015 yilning birinçi çoragida jahonda smartfonlar sotilişi 20 foizga kötarilgan. Bu haqda Gartner agentligi tahlilçilari öz tadqiqotlarida ma'lum qildilar.
Ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, 2015 yilning birinçi çoragida jami 336 mln smartfon sotib olingan. Ilgari bu körsatkiç 282 mln ga teng edi. iqtisodiyoti rivojlanib borayotgan mamlakatlarda ösiş hajmi 40 foizni taşkil qilgan.
Eng yuqori natijalar Apple kompaniyasi mahsulotlari tomonidan qayd qilindi. Xitoyda iPhone lokalizatsiyasi 72.5 foizga ösdi, xaridlar hajmi böyiça u mahalliy gigant Xiaomi’dan özib ketdi.
Jahon böyiça birinçi örinda Samsung turibdi (81.123 mln dona). Undan keyingi örinda Apple (60.177 mln), boşqa kompaniyalarning natijalari sezilarli darajada past.