Ukraina Oliy Radasi raisi Vladimir Groysman AQŞning Norvegiyadagi vakiliga maktub yöllab, prezident Pyotr Poroşenko nomzodini tinçlik uçun Nobel mukofotiga körsatişdaga yordamlari uçun minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, maktubda Poroşenko mukofotsiz qolmasligini kafolatlaş söralgan.
“Poroşenko 2015 yilgi tinçlik mukofotini olişining kafolatlari nihoyatda zarur, negaki bu butun jahon demokratik hamjamiyatining Ukraina birligini qöllab-quvvatlaşini namoyiş etib beradi”, – ta'kidlanadi maktubda.
Şuningdek, siyosiy şarhlovçi Erik Zyussning fikriça, maktubda 2009 yili uşbu mukofot AQŞ prezidenti Obamaga taqdim etilişi munosabati bilan Nobel qömitasining xolisligi şubha ostida qolganiga şama qilingan.
Ukraina AQŞdan Nobel mukofotini talab qilmoqda
17:33 / 30.05.20155 7881 min






