AQŞ prezidenti örinbosari Jo Baydenning öğli, Delaver ştatining sobiq boş prokurori Bo Bayden miya saratonidan vafot etdi. Oq uy matbuot xizmati buning yuzasidan öz saytida ta'ziyanoma e'lon qildi.
46 yoşli Bo Bayden şu oyning boşida şifoxonaga yotqizilgan edi. Uning oilasiga prezident Barak Obama va uning rafiqasi Mişel ta'ziya bildirişdi.
Bo Bayden Kosovoda işlagan, şuningdek, Iroq uruşi faxriysi bölgan. Bugungi kunda u investitsion firmada işlab kelayotgan edi.