“Çikago Blekxoks” jamoasi Stenli Kubogi finaliga yöl olgan ikkinçi jamoa böldi. Bu haqda liganing rasmiy sayti orqali ma'lum qilindi.
31 may kuni “Çikago Blekxoks” pley-off yarim final bosqiçining yettinçi uçraşuvida “Anaxaym Daks” jamoasi ustidan 5:3 hisobida ğalaba qozondi.
Finalda “Çikago” xokkeyçilari “Tampa-Bey Laytning” jamoasi bilan uçraşadi. Dastlabki uçraşuv 3 may kuni “Tampa”ning uyida ötkaziladi.
“Çikago Blekxoks” oxirgi olti yil içida uçinçi marta final bosqiçiga çiqmoqda. Ular 2010 va 2013 yillari Kubok sohiblariga aylangan.
Stenli Kubogining ikkinçi finalçisi ma'lum böldi
17:24 / 31.05.20153 2231 min






