Yangi Zelandiyada Yoşlar örtasida bölib ötayotgan Jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi gonduraslik tengdoşlariga qarşi maydonga tuşib, 3:4 hisobida mağlubiyatga uçradi.
Uçraşuvni vakillarimiz nihoyatda sust boşlaşdi. 4-daqiqadayoq Benavidez gol kiritib, hisobni oçdi. Keyin 20-daqiqaga kelib Roxez hisobni 2:0 körinişiga olib kelib qöydi. Bu vaziyatlarda darvozabonimiz Sarvar Karimov va himoyaçilar nihoyatda yomon harakat qilişganini aytib ötiş mumkin.
Ikkinçi goldan keyin Haydarov şogirdlari bir oz özlariga kelib, vaziyatni önglaşga intilişdi. Natijada Dostonbek Hamdamov 30-daqiqada gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Ammo ikkinçi bölimni Gonduras yana faol boşladi. Alvares jarimadan osonlik bilan gol kiritib, Özbekistonning şaştini ança söndirib qöydi.
Termamiz murabbiy tarkibda bir qator özgarişlarni amalga oşirdi. Buning natijasida faqatgina 80-daqiqaga kelib Eldor Şomurodov gol kiritib, hisobni 2:3 körinişiga olib keldi. Goldan ruhlangan vakillarimiz oldinga ötişda davom etişdi. Ammo qarşi hujumda jazolanişdi.
Yana öşa Brayn Roxez 90-daqiqa himoyaçimizni tezlik borasida ortda qoldirib, hisobni 4:2 körinişiga olib keldi. Hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda esa Zabihulla Örinboyev gol kiritib, hisobni 3:4 körinişiga olib kelib qöydi.
Şu tariqa, Özbekiston yoşlari guruhdagi dastlabki öyinda mağlubiyatga uçraşdi. Keyingi öyinni Haydarov şogirdlari 4 iyun kuni Germaniya termasiga qarşi ötkazişadi.
Video + fotogalereya. Özbekiston - Gonduras 3:4
Özbekiston U-20 - Gonduras U-20 3:4
Gollar: D.Hamdamov (30), E.Şomurodov (80), Z.Örinboyev (90+5) - Benavidez (4), Roxez (20), Alvares (50), B.Roxez (90)
Özbekiston U-20: Karimov, Qosimov, Hamrobekov, Komilov, Sohibov (c), Şomurodov, Şukurov, Ğiyosov, Hamdamov, Örinboyev, Tursunov
Gonduras U-20: Lopez, Alvarez, Paz, Moncada, Roçez, Escalante, K. Lopez, Benavidez (c), Elis, Pereira, Flores.

Manba:






