Qirğizistonda joriy yilning 29 may holatiga köra fermerlarga berilgan kreditlar miqdori 2 mlrd 47 mln somni taşkil qildi.
Aytilişiça, jami 5 725 imtiyozli kredit berilgan. Ularning umumiy miqdori esa 2 mlrd somdan oşib ketgan.
Qirğiziston telegraf agentligining xabar berişiça, bu summaning 1 mlrd 712 mln somi çorvaçilik va parranda boqişga, 265 mln somi dehqonçilikka, 70 mln somi esa qayta işlaş muassasalariga berilgan.
Imtiyozli kreditlar davlat banklari va xususiy banklar tomonidan qişloq xöjaligini moliyalaştiriş loyihasiga muvofiq beriladi.