Intel kompaniyasi protsessor va çiplar işlab çiqaruvçi Altera kompaniyasini 16,7 mlrd dollarga sotib olmoqda, deb xabar bermoqda Associated Press axborot agentligi.

Altera kompaniyasi Intel uçun jozibador aktiv hisoblanadi, çunki uşbu kompaniya smartfonlar, planşetlar va avtomobillar uçun protsessor va çiplar işlab çiqariş bilan şuğullanadi.

Altera aksiyadorlari har bir aksiya uçun 54 dollardan olişadi, bu ötgan juma kunidagi savdolar yopilişi paytidagi 48,85 dollar narxdan 11 foiz köproqni taşkil qilmoqda.

Altera kompaniyasi Intel ning bölinmasiga aylanadi, kompaniya direktorlari kengaşi bitimni ma'qulladi. Endi bitimni Altera aksiyadorlari ma'qullaşlari kerak böladi.

Bitimni 6-9 oy içida yopiş rejalaştirilmoqda.

Avvalroq Intel kompaniyasi Altera ni 15 mlrd dollarga sotib olişga yaqin turgani ma'lum qilingandi.