Mavsum yakuniga yetgaç ta'tilga yöl olgan “Arsenal”ning germaniyalik himoyaçisi Per Mertezaker vaqtini mazmunli ötkazmoqda.

U ayni kunlarda 11 metrlik nuqtadan zarba beriş sirlarini örganişni boşlab yuborgan - şu mavzudagi kitobni mutolaa qilmoqda. Bu haqda Mertezaker öz Facebook sahifasida ma'lum qilgan.

“Ta'tildagi vaqtimni Ben Litletonning “11 metr” nomli kitobini öqiş bilan ötkazyapman. Köramiz, agar kitobni öqib bölsam, balkim penalti tepişga urinib körarman”, deya yozadi futbolçi.

Ta'kidlaş lozim, Per Mertezaker hali heç qaçon öyin paytida penalti amalga oşirmagan.