"Liverpul" boş murabbiyi Brendan Rodjyers yangi mavsumda ham klubda öz işini davom ettiradi.
2 iyun kuni 42 yoşli mutaxassis klub xöjayinlari Tom Verner va «Fenuey Sports Grupp» prezidenti Mayk Gordon bilan uçraşdi, uçraşuv samarali ötdi, deyiladi xabarda.
Rodjyers mavsum yakunida muxlislar va jamoatçilik tanqidiga uçragan edi. Jamoa Angliya çempionatida 6-örinni oldi va yevrokuboklardan quruq qoldi. Şuningdek, YeÇL guruh bosqiçidan öta olmadi.






