Xitoy AQŞ prezidenti Barak Obamani jiddiy qabul qilmayapti, va uning muddati tugamaguniga qadar ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar özgarmaydi. Bu fikrlarni Bloomberg View kolumnisti Joş Rojin öz maqolasida bildirib ötdi.
Maqola Vaşingtonning Janubiy Xitoy dengizida XXR bilan töqnaş kelişiga bağişlangan. XXR Bruney, Malayziya, Tayvan, Vetnam va Filippin bilan hududiy bahslarga ega. Xitoy dengizda sun'iy orollar yarata boşlaganida esa bu davlatlar örtasidagi munosabatlar yanada keskinlaşib ketdi.
AQŞ ittifoqçi mamlakatlar tomonini olib, Xitoyning bu xatti-harakatlarini tanqid ostiga oldi; XXR öz navbatida Vaşingtonni vaziyatni keskinlaştirişda aybladi.
Kolumnistning fikriça, Vaşington XXRning javobi salbiy oqibatlarga olib kelmasligi uçun mintaqada nozik qadamlar taşlaşga harakat qilmoqda. Lekin Pekin buni zaiflik deb baholab, şartlarini köpaytirmoqda.
Bloomberg: Xitoy Obamani jiddiy qabul qilmayapti
00:22 / 04.06.20156 2751 min






