Latviya prezidenti lavozimiga uç nafar nomzod prezidentlik poygasidan çiqib ketdi va endi prezident lavozimiga faqatgina bir kişi kuraşmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Latviya seymi prezident saylovlarining birinçi bosqiçida 5-raundni e'lon qilişga qaror qildi.

Şu tariqa prezidentlik saylovini Latviya Mudofaa vaziri Raymonds Veyonis davom ettiradi. Unga 100 deputatdan 51 nafari ovoz berişi kerak.