Samsung kompaniyasi Tizen operatsion tizimida işlovçi Z3 işlab çiqarişga tayyorlanmoqda. Bu haqda Tizen Experts portali xabar bermoqda.
Texnik nuqtai nazardan qurilma Android’da işlaydigan Galaxy Core Prime smartfoniga yaqin turadi. U 5 dyuymli displeyga, 64 bitli arxitekturada işlangan 1.3 GGts quvvatli Qualcomm Snapdragon 410 tört yadroli protsessorga, 5 Mp kamera va 2000 mA/soat quvvatli akkumulyatorga ega böladi.
Z3 2015 yilning ikkinçi yarmida taqdim etilişi kutilmoqda. Ayni paytda Tizen operatsion tizimi faqatgina joriy yilning yanvarida taqdim etilgan Samsung Z1 smartfonlarida işlaydi.






