Toşkent fransuz alyansi oçilişi munosabati bilan 3 iyun kuni matbuot anjumani ötkazildi. Bu haqda "Gazeta.uz" naşri ma'lum qilgan.

Fransiyaning Özbekistondagi elçisi Jak-Anri Elsning sözlariga köra, Özbekiston Adliya vazirligi tomonidan nodavlat notijorat taşkiloti sifatida röyxatga olingan Toşkent fransuz alyansi fransuz tilini öqitiş böyiça faoliyat olib boradi.

Alyans raisi Şoazim Minavarovning ta'kidlaşiça, til örganişni uç yoşdan boşlab köplab turli guruhlarda ötiş mumkin. Yozgi ikki oylik intensiv fransuz tili darslari uçun röyxatga oliş 9 iyundan 20 iyungaça bölib ötadi. Butun öquv yili davomida esa uç oylik sessiyalar taşkil qilinadi.

Toşkent fransuz alyansi ijroçi direktori Yuliya Mraçkovskayaning sözlariga köra, yozgi tezkor kurslarning bir oyida öquv yilidagi uç oylik sessiyani öqiş imkoniyati böladi. Şuningdek, bolalar uçun maxsus dastur ham taşkil etilişi rejalaştirilgan.

Öqiş yakunida tinglovçining darajasi körsatilgan sertifikat beriladi. Şuningdek, bu yerda Fransiya elçixonasi kömagida fransuz tili böyiça sertifikat va diplomlarni oliş uçun rasmiy imtihonlar ötkaziladi. Toşkent fransuz alyansi 2014 yil yozida yopilgan Toşkentdagi Frantsuz institutining sobiq binosida joylaşadi.